1-avgust natijasiga qaramay 100% talaba bo'lgan abituriyentlar


Mana, 1 avgust kuni yurtimizdagi barcha OTMlarda test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Davlat test markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, 1 avgust kuni 59 oliy ta’lim muassasalari va ularning 12 ta filialida qabul test sinovlari o‘tkazildi.

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 947 (2016 yilda – 663 304) nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7 725 (2016 yilda – 7 521) nafari muddatli harbiy xizmatni tugatgan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

Shuningdek, DTM xabarida yana ko‘plab ma’lumotlar, raqamlar keltirilgan, biroq hozir men bunga to‘xtalmoqchi emasman. Ushbu maqolada Sizlarga test imtihonlarida necha ball olganidan qat’i nazar har qanday holatda ham davlat granti asosida qabul qilinishi aniq bo‘lgan abituriyentlar haqida ma’lumot bermoqchiman.

Ular kimlar deysizmi? Fan olimpiadalari g‘oliblari yoki “zulfiyachilar" deb o‘ylayapsizmi? Yo‘q, ular imtihonsiz qabul qilinishadi. Unda gap nimada? Gap arizalar va kvotalar soni bo‘yicha konkursda.

DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 (2016 yilda – 11,05) tani tashkil etdi. Lekin shunday ayrim OTMlar borki, ulardagi tanlov birga bir bo‘lgan! Ya’ni nechta kvota ajratilgan bo‘lsa, shuncha abituriyent hujjat topshirgan. “Yo‘g‘yey, qanaqasiga?" deya o‘ylayotganingizni bilib, faktlarga o‘tishni ma’qul deb topdim.

Gap shundaki, joriy yilda nafaqat tibbiyot yo‘nalishlari, balki qishloq xo‘jaligi sohasida ham maqsadli qabul joriy etilibdi. Ammo bu haqida deyarli hech qayerda aytilmadi, hech qayerda e’lon qilinmadi. Natijada ko‘pchilik bundan bexabar qoldi (shu jumladan, o‘zim ham buni yaqinda bildim). Aholidagi ushbu bexabarlik to‘lqini topshirilgan hujjatlar soniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Masalan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini olaylik. Ushbu oliygohning “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi" yo‘nalishi bo‘yicha Xorazm va Farg‘ona viloyatlari uchun 1 tadan davlat grantida o‘rin ajratilgan bo‘lib, shu yo‘nalishga Xorazmdan 1 nafar, Farg‘onadan 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu degani ushbu ikkala abituriyent testda necha ball olishidan qat’i nazar davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Chunki ularning boshqa raqobatchisi yo‘q.

Bundayin “omadli jentelmenlar" Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining “Zootexnika (Andijon)" va “Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligida menejment (Farg‘ona)" yo‘nalishlarida ham bor.

Toshkent davlat agrar universitetining “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik" yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat granti asosida ajratilgan 1 ta o‘ringa ham atigi 1 nafar o‘ta omadli abituriyent hujjat topshirgan. Biz ushbu abituriyentni ham talaba bo‘lgani bilan, bo‘lib ham byudjetga kirgani bilan tabriklaymiz.

Qolgan oliygohlardan farqli o‘laroq, ya'ni maqsadli qabul belgilanmagan Milliy rassomlik va dizayn institutining "Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi" yo‘nalishida ham 3 ta bahtli abituriyentni ko‘rishimiz mumkin. Ushbu yo‘nalishning rus guruhida 3 ta kvota uchun 3 tagina abituriyent "kurash olib borishadi". Bu haqda avval ham yozib o‘tgan edik.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti "Sport faoliyati: eshkak eshish" hamda "Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha" yo‘nalishining Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo hudulari uchun taqsimlangan kvotalarda ham huddi shunday holat, ya'ni, konkurs birga teng.

"Oliy hamshiralik ishi" yo‘nalishida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Surxondaryo uchun ajratilgan va Toshkent tibbiyot akademiyasining Namangan va Farg‘ona uchun ajratilgan maqsadli qabul kvotalarida ham konkurs 1 ga teng!

Xullas, hisob-kitoblarim shuni ko‘rsatdiki, jami 64 nafar abituriyent hali test javobi chiqmasidanoq talaba bo‘lishga ulgurgan. Ularning 49 nafari davlat granti asosida, 15 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishga ulgurgan. Allaqachon 64 ta xonadonda qo‘chqorlar so‘yilib, kabobga aylangan bo‘lsa ajab emas.

Ana, shunaqa gaplar. Omad kelaman desa, hech gap emas. 5 ball bilan ham, 10 ball bilan ham o‘qishga kirish mumkin ekan…

Quyida tanlov 1 va undan kam bo‘lgan oliygohlardagi yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yhatini keltirib o‘tamiz:

Yo‘nalishShifrTa'lim tiliKvotaArizalarTanlov

Milliy rassomlik va dizayn instituti

Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi5150805ru331.0

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti

Sport faoliyati: eshkak eshish5610511ru10101.0
Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)5610521ru221.0
Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha (Jizzax)5610524ru221.0
Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha (Samarqand)5610527ru430.8
Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha (Surxondaryo)5610529ru331.0

Samarqand qishloq xo‘jalik instituti

Kasb ta'limi: qishloq xo`jaligida menejment (Farg`ona)511106613uz111.0
Zootexniya (turlari bo`yicha) (Andijon)541060011uz221.0

Toshkent davlat agrar universiteti

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik (Andijon)5410111uz111.0
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo`yicha) (Jizzax)5410208ru111.0
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo`yicha) (Sirdaryo)5410209ru111.0
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (Jizzax)5410508ru111.0
Qishloq xo`jaligida menejment (Buxoro)5420103ru111.0
Qishloq xo`jaligida menejment (Navoiy)5420104ru111.0
Veterinariya (Andijon)5440111ru111.0

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Kasb ta'limi: yer tuzish va yer kadastri (Navoiy)511101304uz221.0
Kasb ta'limi: yer tuzish va yer kadastri (Andijon)511101311uz111.0
Kasb ta'limi: qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Qoraqalpog`iston Resp.)511102101uz111.0
Kasb ta'limi: qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Andijon)511102111uz111.0
Iqtisodiyot (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Resp.)5230101ru111.0
Iqtisodiyot (qishloq xo`jaligida) (Andijon)5230111uz111.0
Menejment (suv xo`jaligida) (Navoiy)5230204uz111.0
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo`jaligida) (Xorazm)5311002ru111.0
Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Resp.)5311501ru111.0
Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo`jaligida) (Navoiy)5311504ru111.0
Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo`yicha) (Andijon)5313211uz111.0
Gidrotexnika qurilishi (suv xo`jaligida) (Qoraqalpog`iston Resp.)5340701ru111.0
Yer tuzish va yer kadastri (Sirdaryo)5410709ru111.0
Yer tuzish va yer kadastri (Farg`ona)5410713ru111.0
Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish (Navoiy)5430104ru111.0
Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Navoiy)5430204ru111.0
Qishloq xo`jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Jizzax)5430208ru111.0
Qishloq xo`jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi (Xorazm)5430302uz111.0
Qishloq xo`jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi (Farg`ona)5430313uz111.0
Suv xo`jaligi va melioratsiya (Sirdaryo)5450209ru111.0
Suv xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish (Qoraqalpog`iston Resp.)5450301ru111.0
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (Qoraqalpog`iston Resp.)5450401ru111.0
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo`jaligida) (Navoiy)5630104ru111.0
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo`jaligida) (Samarqand)5630105ru111.0
Hayotiy faoliyat xavfsizligi (Qoraqalpog`iston Resp.)5640101uz221.0

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

Oliy hamshiralik ishi (Surxondaryo)5510706ru111.0

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Oliy hamshiralik ishi (Namangan)5510712ru221.0
Oliy hamshiralik ishi (Farg`ona)5510713ru210.5

Maqola Xushnudbek.uz bilan hamkorlikda tayyorlandi.