Andijonda Hindistonning Sharda universiteti filiali ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustaxkamlash maqsadida Andijon mashinasozlik institutiga Hindistonning Sharda Universiteti Prezidenti Pradip Kumar Gupta boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Andijon mashinsozlik instituti axborot xizmati ma’lum qildi.

Hindistonlik mehmonlar Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, o‘zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi bir qator masalalarda fikr almashishdi.

Tashrif davomida Sharda universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, Andijon mashinasozlik institutida Sharda Universiteti filialini ochish rejalashtirib olindi.

Manba: xabar.uz