Bosh vazir: «Darsliklarni har to‘rt yilda almashtirish nega kerak?»


Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov maktab darsliklari va o‘quv qurollari masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.

«Men ko‘p farzandli oilada katta bo‘lganman. Akalarim 20 yil avval o‘qigan darsliklarni biz ham o‘qib katta bo‘lganmiz. Hozir esa darsliklar har 4 yilda almashadi. Aniq fanlar — matematika, fizika, geografiya fanlaridan darsliklar almashtirish nega kerak?  Qaytadan Amerika ochish shart emas. Darsliklarni boyitib, ularni tuzishda ilg‘or Yevropa tajribalaridan foydalanishimiz kerak. Bundan tashqari  maktab kutubxonalarida talabga javob beradigan adabiyotning o‘zi yo‘q. Ijaraga tarqatiladigan darsliklar masalasi ham tanqidga dosh bera olmaydi», — dedi Bosh vazir.    

Manba: xabar.uz