Chet elda o'qishni xohlaysizmi?


Mustaqilligimiz sharofati bilan ko‘plab imkoniyatlar biz yoshlar uchun yaratilmoqda. Shu jumladan, chet elda o‘qishga kirish mushkul emas. Bu blogimizda chet elda o‘qish, joylashish, u yerda ish topish, chet eldagi O‘zbeklarning yashash tarzi va bunga taaluqli barcha narsalar haqida ma'lumot beramiz.

Men, Saidkomolhon, hozir kunda Amerikaning Chikago shahrida o‘qib, ishlab kelaman. Va bo‘sh vaqtimda Vloggerlik bilan shug‘ullanaman. Vloglarimda o‘z tajribamni yoshlar bilan bo‘lishaman. Bu vloglarimda nafaqat Amerika, Yevropani ham o‘z ichiga oladi. Chunki, bakavlarni Yevropada bir qancha davlatlarda o‘qiganim va ishlaganim juda ham qo‘l keladi. Vloggerlik bilan shug‘ullanganligim uchun blog yozish bo‘yicha tajriba juda ham katta emas shuning uchun Youtube kanalimdegi videolarimni ko‘rib baho berishingiz so‘rayman, misol tariqasida eng oxirgi vlogimni linkini qoldiraman.

Universitet, Institularga topshirishingiz uchun birinchi qanday fakultetga kirishingizni aniqlab olishingiz muhim. Buning uchun 'google' qidiruv tarmog‘idan sizga loyiq universitetlarni tanlab, ularning web sahifasidan kirish uchun qanday qanday xujjatlarlar lozimligini va qachon topshirish kerakligini aniqlab olishingiz kerak. Xujjatlarni to‘laganizdan keyin o‘qish sizdan 2 ta insho yozishni so‘raydi va bu insholar 'Nima uchun sizni o‘qishga about qilishingiz kerak' , yoki '5 yildan keyin qanaqa loyihalatingiz bor' degan ma'noda insho so‘rashadi.

Universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng, Yevropa o‘qishlari sizga taklifnoma beradi, AQSh universitetlari esa sizga I-20 formasini jo‘natishadi va bu bilan vizaga intervyuga kirishingiz mumkin.

Viza olib o‘qishga borganingizda har bir davlatning o‘ziga xos ish topish usullari va u davlatda qanaqa qilib bizness yuritish yo‘llari bor.

Saidkomolhon Yunusov