DTM testlar - qanday yechish mumkin?


Davlat Test Markazi saytida online test ishlashingiz mumkin. Buning uchun Davlat Test Markazining rasmiy saytiga kirishingiz va ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.

Online testlar DTM saytining bosh sahifasida chiqadigan asosiy menyuda mos bo‘lim bandida keltirilgan. Bundan tashqari, online testlarni bajarishga o‘tishda asosiy menyudan tashqari pastki menyudan ham foydalanish mumkin, buning uchun DTM saytiga kirib, bosh sahifaning eng pastki qismiga tushsangiz shu nomdagi link ko‘rasiz. U orqali «Online test yechish» formasi chiqadi. Login/Parol kiritish joyidan pastroqda joylashgan «Ro‘yxatdan o‘tish» formasini to‘ldirish orqali Login/Parol olishingiz mumkin.

O‘z nomingizdan online testga kirganingizdan keyin e’tiboringizga bir nechta fanlar (Biologiya, Kimyo, Ona tili…) bo‘yicha online testlar havola etiladi. Testlar 36 savoldan iborat bo‘lib, har safar faqat bir dona fan bo‘yicha test topshirishingiz mumkin.

Test oxirida «Natijalarni hisoblash» orqali 36 ta savoldan nechtasini to‘g‘ri yechganingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin.


Onlayn test ishlash