Ellikqal’ada Nukus DPIning yangi fakulteti tashkil etildi


Talabalarning doimiy yashash joylariga yaqin hududda tahsil olishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a pedagogika fakulteti tashkil etildi. Bu haqda vazirlik o‘z Telegram kanalida xabar berdi. 

Nukus DPIning Ellikqal’a pedagogika fakulteti Qoraqalpoq davlat universitetining Bo‘ston akademik litseyida o‘z faoliyatini boshlaydi.

Buyruq asosida QQDUning Bo‘ston akademik litseyi bino va inshootlari tegishli hududi va mol-mulklari bilan birgalikda Nukus DPIning Ellikqal’a pedagogika fakultetiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, Nukus DPI yangidan tashkil etilayotgan fakultetda o‘rnatilgan tartibda ta’lim jarayonini tashkil etish, Ellikqal’a tumani va unga yaqin hududlarda yashovchi talabalardan iborat guruhlar tashkil etish va mazkur guruhlarni Ellikqal’a pedagogika fakultetiga biriktirish, fakultetni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni olib boradi.

Manba: xabar.uz