Finlandiya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Finlyandiyaning Yuvyaskyulya amaliy fanlar universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining matbuot xizmati.

Finlandiya delegatsiyasi tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuvda tomonlar oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.