Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyotgan talabalar oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishlari mumkin


Ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3 va 4-kurslarda taʼlim olayotgan talabalarga oʻqishni sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoniga muvofiq oliy taʼlim muassasalari hamda fuqarlarning koʻplab murojaatlari inobatga olingan holda ikkinchi oliy taʼlim boʻyicha bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida 3- va 4- kurslarda taʼlim olayotgan talabalarning oʻqishini ularning arizalariga koʻra sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazishga ruxsat berildi.

Bunda:

Filologiya va tillarni oʻqitish (xorijiy tillar boʻyicha, shu jumladan, rus tili), Xorijiy til va adabiyoti (tillar oʻyicha), Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti oʻzga tilli guruhlarda) taʼlim yoʻnalishlari, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari istisno ekanligi,

oliy taʼlim muassasasi boʻyicha har bir taʼlim yoʻnalishi kesimida (taʼlim tili) ariza topshirganlar soni 7 nafardan kam boʻlgan holda talabalar sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazish, aks holda rad etish belgilandi.

Kunduzgi taʼlm shaklidan sirtqi taʼlim shakliga oʻtkazilgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt miqdori 2018/2019 oʻquv yilida 2-mutaxassislikka qabul qilingan talabalar uchun bir xil etib belgilanadi.


Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali