Imtihonda xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz) bo‘yicha bilimlar ham sinaladi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriatiga o‘qishga hujjat topshiradigan abituriyentlar dastlabki imtihondan (https://bit.ly/38zKqE9) o‘tishi belgilangan. Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga o‘qishga qabul qilish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 358-son qarori asosida joriy etildi. 

Ushbu imtihon natijalari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan asosiy test sinovlarini topshirishga ruxsat berish yoki rad etishga asos bo‘ladi(!).

Demak, 2020 yil 10 iyul soat 18-00 ga qadar abituriyent Qabul komissiyasiga belgilanlan tartibda hujjatlarini topshirgach, 11-13 iyul kunlari onlayn tarzda Intellektual test topshiradi(!).

Taʼkidlash joizki, karantin holatidan kelib chiqib, mazkur yilda dastlabki imtihonni o‘tkazish nizomiga o‘zgartirish kiritilgan holda soddalashtirilgan tartibda, intellektual test shaklida onlayn o‘tkazilmoqda.

Unda abituriyent umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi O‘quv dasturi asosida — O‘zbekiston hamda jahon tarixi, dunyo dinlari tarixi, ona tili va adabiyoti, umumiy savodxonlik: mantiqiy fikrlash va maʼnaviyat asoslari hamda xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz)lar bo‘yicha jami 20 ta savolga javob berishi lozim.

Barcha abituriyentlarga sinovlarda omad tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati