Inha tayyorlov kurslari qo'shimcha guruhlarni qabul qiladi


Abituriyentlar va ularning ota-onalarinig ko‘plab talablariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi Uzluksiz ta’lim markazi matematika, fizika va ingliz tili fanlari bo‘yicha tayyorlov kurslariga qo‘shimcha guruhlarni qabul qiladi.

Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari hamda umumta’lim maktablarining o‘quvchilari matematika, fizika va ingliz tili fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirish hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlariga bo‘ladigan kirish imtihonlariga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Tayyorlov kurslariga tinglovchilarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2017 yilning 8 sentyabriga qadar davom etadi. Bunga qiziqish bildirgan barcha yoshlar maxsus onlayn shaklni to‘ldirishi lozim.

10 sentyabr kunlari matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan qabul testlari o‘tkaziladi. Imtihonlar soat 9:00 dan 12:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Yanada to‘liqroq ma’lumot uchun Tayyorlov kursi ma’muriyatiga murojaat qiling:
+998 71 289 9999, ichki raqam. 0-300, 0-301, 0-303,
elektron pochta – e.irmatova@inha.uz.