Inha universiteti «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazadi


Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati «Ochiq eshiklar kuni»ni 27-iyun va 4-iyul kunlari o‘tkazadi. U soat 16:30 dan boshlanadi. Tashrif buyuruvchilar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 16:00 dan 16:30 ga qadar to‘planishadi.

«Ochiq eshiklar kuni» davomida tashrif buyuruvchilar universitet haqida hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob beradilar.

Manba: xabar.uz