Ivan Mixaylovich Gubkin Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkentdagi filiali


I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining (RDNGU) Toshkentdagi filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning respublikada neftgaz va neftgazkimyo sanoatida yuqori malakali, oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni yana-da rivojlantirish va takomillashtirish hamda oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2007 yilning 12 yanvardagi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Filialning asosiy vazifasi respublikaning neft va gaz tarmog‘iga I.M. Gubkin nomidagi RDNGUda qabul qilingan, umumxalqaro talablarga mos keluvchi taʼlim dasuriga hamda O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari talablariga mos keluchvi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir.

Filial I.M. Gubkin nomidagi RDNGUning alohida tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, barcha darajadagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Filial faoliyati O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi I.M. Gubkin nomidagi RDNGU tomonidan belgilangan talab va muddatlarga asosan amalga oshiriladi.

Filialda o‘qitish I.M. Gubkin nomidagi RDNGU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda Filialda 45 nafar mahalliy o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 4 nafari fan doktori va 15 nafari fan nomzodlari. Shuningdek, o‘quv jarayoniga I.M. Gubkin nomidagi RDNGU mutaxassislari ham jalb etilgan.

I.M. Gubkin nomidagi RDNGUni tamomlagan Filial bitiruvchilariga beriladigan diplom O‘zbekiston Respublikasida oily maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

I.M. Gubkin nomidagi RDNGUning Toshkent shahridagi Filialida davlat granti asosida o‘qigan bitiruvchilar respublika neft-gaz sanoati korxonalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi.

Universitet O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha neft va gaz kompaniyalarida ishlayotgan bitiruvchilaridan haqli ravishda faxrlanadi.

Bugungi kunda I.M. Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti zamonaviy innovasion oliy o‘quv yurti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasida oliy texnik taʼlim yetakchilaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan Filial 2011 yilda “O‘zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi tarkibiga kiritilgan.

Filialda hozirgi kunda quyidagi bo‘linmalar mavjud:

«Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» bo‘limi

«Neft va gaz ishi» bo‘limi 23.08.2007 yil № 221-p. «Struktura filialini yana-da takomillashtirish» to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 2013 yil «Struktura filialini o‘zgartirish to‘g‘risidagi» 29.10.2013yil №22-T asosan ikki bo‘limga ajratildi: « Neft va gaz ishi - Burg‘ilash» va « Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqarish» bo‘linmasi. 2017 yil esa universitet kengaytirilgan №1 8.09.17 yildagi yig‘ilishida «I.M.Gubkin nomidagi (milliy tadqiqot universiteti) Rossiya davlat neft va gaz universiteti» oliy taʼlim federal davlat avtonom taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi (O‘zbekiston respublikasi0 filialida «Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» bo‘limi deb o‘zgartirilgan.

«Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» bo‘limi bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 21.03.01 «Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash» profillari bo‘yicha yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Bo‘linma faoliyatining asosiy vazifasi yuqori darajadagi taʼlim jarayonini, talabalarning yozgi amaliyotini tashkil qilish, ilm va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish orqali talabalarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilash sohasidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, ushbu sohaga oid hisob-kitoblarni amalga oshirish va analitik ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatishdir.

Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqarish bo‘linmasi

Bo‘linma Filialning 29 oktyabr 2013 yildagi № 22-T sonli "Filial tuzilmasini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i bilan tashkil qilingan.

Hozirgi kunga kelib "Neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqarish" bo‘linmasi 21.03.01 "Neft va gaz konlarini ishlab chiqarish va ishlatish" va 21.03.01 "Neft va gaz ishi" yo‘nalishi bo‘yicha "Neft qazib chiqarish obyektlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish" va " Gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish va yer ostida saqlash obyektlarini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish" profillari bo‘yicha yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda.Bo‘linma faoliyatining asosiy vazifasi yuqori darajadagi taʼlim jarayonini, talabalarning yozgi amaliyotini tashkil qilish, ilm va ishlab chiqarish intergatsiyasini amalga oshirish orqali talabalarda neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish sohasidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, ushbu sohaga oid hisob-kitoblarni amalga oshirish va analitik ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatishdir. Bundan tashqari, talabalar uglevorodlarni qazib chiqarish, tayyorlash, tashish va saqlash bo‘yicha ilg‘or, zamonaviy texnologiyalar va bilimlarni o‘zlashtirib boradilar.

"Geologik va geofizik tadqiqotlar texnologiyalari" kafedrasi

"Geologik va geofizik tadqiqotlar texnologiyalari" kafedrasi Filialning 30.09.2009 yil 221-p-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

"Geologik va geofizik tadqiqotlar texnologiyalari" kafedrasi "Filial tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i asosida, hamda Filial tuzilmasini takomillashtirish, taʼlim jarayonini boshqarish sifatini ko‘tarish, taʼlim rejalarini, yetuk kadrlarni tayyorlash tizimini uzluksiz nazorat qilish maqsadida Filial Ilmiy kengashning 2009 yil 29 sentyabrdagi protokoli asosida ish yuritadi.

Kafedraning faoliyati mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sish strategiyasini va O‘zbekiston neft-gaz kompleksini innovatsion rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan.

Iqtisodiy fanlar bo‘limi

Ushbu bo‘lim Filialning “Filial tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 23.10.2009 yildagi 221-p sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan bo‘lib, 38.03.01 yo‘nalishi bo‘yicha “Iqtisod",“Korxona va tashkilotlar iqtisodiyoti" profili va 38.03.02. “Menejment",“Ishlab chiqarish menejmenti" profili bo‘yicha mutaxassislikni tayyorlaydi».

Bo‘lim I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining iqtisodiyot fakulteti kafedralari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Quvur transporti tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo’limi

Kerakli hujjatlar:

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining toshkent shahri filialiga yuborilishi kerak:

1. O‘rtacha (to‘liq) umumiy yoki o‘rta kasbiy taʼlim (original) va uning nusxasi bo‘yicha davlat namunasining hujjati;

2. Pasport, uning 2ta nusxasi va pasport birinchi sahifaning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;

3. Qabul qilingan emlashlar ko‘rsatuvchi 086U tibbiy maʼlumotnomasi;

4. 8 ta rasm 3x4 sm (rang, oq fonda, protokol tepasida);

5. Harbiy xizmat bilan aloqada bo‘lish va uni fotokopiyasi (o‘g‘il bolalar uchun).

6. Shaxsiy jild papkasi;

7. Mehnat daftarchasi nusxasi (maktabni bitirgan shaxslar uchun 2018 yilgacha);

8. Konvert (kamida 19x13 o‘lchamida).


I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiningToshkent shahridagi filialiga 2020/2021 o‘quv yili uchun rejalashtirilayotgan qabul kvotalari

2020/2021 o‘quv yilida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga talabalarni qabul qilish kvotasi 345 nafar etib belgilanmoqda, jumladan:

✅ Kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha - 225

✅ Kunduzgi-sirtqi (kechki) taʼlim shakli bo‘yicha - 120

Kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha bo‘yicha ta‘lim oluvchilar uchun ajratilgan kvotadan 25 ta o‘rin Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘linmasi bitiruvchilarini maqsadli qabul qilish hisobidan amalga oshiriladi.