Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan Jizzax davlat pedagogika institutida SMART auditoriya tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berilmoqda.

SMART auditoriya aniq va tabiiy fanlarga oid eng so‘nggi rusumdagi ko‘rgazmali qurollar, interaktiv ekran, WI-FI va noutbuk qurilmalari bilan jihozlangan.

Endilikda mazkur auditoriyada innovatsion loyihalar asosida o‘quv jarayonlari olib borilib, on-line vebinarlar, davra suhbatlari, xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.