Kembrij professori Toshkentdagi Inha universitetiga taklif qilindi


Kembrij universiteti professori Raymon Jozef Hoffman Toshkentdagi Inha universitetiga tayyorgarlik kurslarida ingliz tili o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazish uchun taklif qilindi.

Raymon Jozef Xoffman Garvard va Oksford universitetlarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Oksforddagi «Yaqin Sharq sivilizatsiyasi tarixi» yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U ingliz, yunon, arab, nemis, fransuz, italyan, golland, ispan tillari, shuningdek, ivrit tilini biladi.

Hozirgi kunda professor Hoffman o‘quv qismi bo‘yicha boshliq va rektor, shuningdek Buyukbritaniyaning Kembrij xalqaro universiteti imtihon o‘tkazish kengashi a’zosi hisoblanadi.

Manba: xabar.uz