Shoshiling! Oliy harbiy bojxona institutiga qabul davom etmoqda


Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutiga 2018/2019-o‘quv yili uchun abituriyentlar tanlovi davom etmoqda.

Abituriyentlar tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi Nizom» hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015-yil 5-martda 2659-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan «Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» talablari asosida amalga oshiriladi.

Oliy harbiy bojxona institutiga kirish istagini bildirgan abituriyentlardan arizalar qabul qilish joriy yilning 1-fevralidan 1-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Mazkur institutga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar doimiy yashash manzilidagi bojxona boshqarmalarining Kadrlar xizmatiga murojaat etishlari mumkin.


Manba: xabar.uz