Oliy ta'lim tizimida keng miqiyosli islohotlar boshlandi


Oliy ta’lim tizimida quyidagi o‘zgarishlar bo‘ladi:

- Ayrim yo‘nalishlarda bakalavr - 3 yil, magistratura - 1 yil bo‘ladi;

- abituriyentlar hujjatlarini elektron shaklda qabul qilish tizimi bosqichma-bosqich yaratiladi;

- kirish imtihonlaridagi test savollari tayyorlash uslublarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi;

- ilg‘or xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va hokazo) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan eng yuqori ball berish va ushbu fanlar test sinovidan ozod qilish tartibi joriy qilinadi;

- O‘zbekiston va xorijiy OTMlarning o‘zaro kelishuvi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyoti joriy etiladi;

- xorijiy fuqarolar bakalavriatga kvotadan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinadi;

- O‘zbekistonda o‘qish istagini bildirgan xorijiy fuqarolardan vizalarni rasmiylashtirish uchun konsullik va boshqa to‘lovlar undirilmaydi;

- talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning yangi tizimi joriy qilinadi;

- talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullari joriy qilinadi;

- muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizim joriy etiladi;

- semestr yakuni bo‘yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo‘lgan fanlar soni belgilanadi va ularni topshirish muddati o‘zgartiriladi;

- har bir OTMda 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etiladi, 2-kursdan ularni o‘qitish alohida o‘quv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi, ular magistraturaga maqsadli qabul qilinadi va bu orqali OTM kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.


Manba: Xushnudbek Xudoyberdiyev