"O‘zbekiston havo yo'llari" keyingi yildan boshlab o‘z uchuvchilarini tayyorlay boshlaydi


“O‘zbekiston havo yullari" milliy aviakompaniyasi o‘z uchuvchilarini 2018 yilning ikkinchi yarmidan boshlab tayyorlay boshlaydi.

Iyul oyining oxirida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy aviakompaniya oldida o‘z uchuvchilarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash vazifasi qo‘yilgan edi. Qarorda aytilishiga ko‘ra, aviakompaniya oliy ma’lumotga ega bo‘lgan aviatsiya texnik personli orasidan kadrlar tanlab olib ulardan ikki yil davomida MAKning O‘quv-mashq markazida fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari tayyorlashi kerak edi.

Kompaniya vakili aytishiga qaraganda, tanlov aviakompaniya ehtiyojlariga qarab amalga oshiriladi, birinchi uchuvchilar guruhida 12nafardan 16 nafargacha uchuvchilar tayyorlanadi.

“Menimcha kelasi yilning bahori oxirlarida va yozning boshlarida tanlov bo‘lib o‘tadi. Hozir bo‘lajak uchuvchilarning yosh cheklovlari, sog‘liq holati kabi tanlov shartlari haqida hujjat tayyorlanmoqda. Uni MAKning kadrlar boshqarmasi tayyorlamoqda", — dedi kompaniya vakili.

“O‘zbekiston havo yo‘llari" vakili parvozlar sonining oshishi va yo‘nalishlar kengayishi munosabati bilan, o‘qishni tamomlagan har bir uchuvchi ish bilan ta’minlanishiga ishonch bildirdi.

“Qaror chiqqaniga bir oydan kam vaqt o‘tdi, lekin biz allaqachon katta ishlarni amalga oshirdik. Oktyabrda Davlat aviatsiya nazorati bizni sertifikatsiya qilishi kerak. O‘qituvchilar tarkibi allaqachon aniqlangan. Ular konspektlarini tayyorlashmoqda, biz esa texnik jihozlar sotib olmoqdamiz. Bizning o‘quv xonalarimiz eng zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa jihozlar bilan ta’minlanmoqda. O‘quv markazida 30 nafar o‘qituvchi ishlaydi. Ular 15ta fandan dars berishadi, ya’ni har bir fandan ikki nafar o‘qituvchi bo‘ladi", — dedi suhbatdosh.

Fuqaro uchuvchilari tayyorlash kurslariga ham nazariy ham amaliy o‘quv-mashg‘ulotlari kiritilgan. Tanlov oliy texnik o‘quv yurtlari bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi. O‘quv jarayoni mutaxassislik bo‘yicha kerakli fanlardan iborat bo‘ladi, umumiy ta’lim fanlari kiritilmaydi.

Oldin, O‘zbekiston havo yo‘llari uchuvchilari nazariy bilimlarni Sankt-Peterburgdagi Davlat fuqaro aviatsiyasi universitetida, amaliy mashg‘ulotlarni esa MAKning Toshketdagi O‘quv-mashq markazida olar edilar.