"Poklikka e’tibor — millatga e’tibor yoxud e’tirof " loyihasi!


Yurtimizning ta’lim sohasida (bog‘cha, maktab, litsey-kollej, universitetlarda) faoliyat yuritib, yolg‘iz bo‘lishiga qaramasdan o‘z mehnati bilan ilm dargohlarining pokizaligini doimiy saqlab, shu orqali millat yuksalishida o‘z hissani qo‘shayotgan mo‘tabar onalarimiz, aziz opa-singillarimiz hamda ularning farzandlari endilikda RETUP - zamonaviy biznes ta’lim markazi tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy kasblar (Internet jurnalistikasi, Raqamli marketing, Loyiha boshqaruvi) singari o‘quv-amaliy darslarga bepul qatnashishlari mumkin!

Har bir kursga 1-3 nafar shu kabi o‘quvchilar qabul qilinadi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar markaz tomonidan ishga tavsiya qilinadi.

Har bir shu kabi oiladan 1 nafar inson bepul ta’lim olishlari mumkin. Bir oiladan 2 nafar talabgor bo‘lsa, birinchisi bepul, ikkinchisi - 50% chegirma.

3 nafar bo‘lsa, birinchisi bepul, ikkinchisi 50%, uchinchisi 25% chegirma bilan o‘qishlari mumkin. Bir oilada talabgorlar soni 1 nafardan ko‘p bo‘lgan holda, avval boshqa oilalar e’tiborga olinib, ortgan joyga ikkinchi talabgor tavsiya qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar: Ish joyidan "poklik" kasbi bo‘yicha ma’lumotnoma, talabgorning pasport ko‘piyasi.

Barcha jarayonlarda ular haqidagi ma’lumotlar markaz rahbariyati va o‘zlari o‘rtasida sir saqlanadi.

Administratorga bog‘lanish

Tel: +998994844769 | +998904094769

Manzilimiz: Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo‘li, 5-uy oldida.

Mo‘ljal: Jahon tillari universitetidan keyingi choraha, "Afruz" to‘yxonasi.