Prezident maktablariga qabul sanasi ma’lum bo‘ldi


Prezident maktablariga arizalarni qabul qilish 2019-yil 1-iyundan 22-iyungacha davom etadi. Bu haqda 27-may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi, deb yozadi minbar.uz.

Shuningdek, Prezident maktablariga kirish uchun hujjatlar ikki xil usulda qabul qilinadi:

  • onlayn (pm.xtv.uz sayti orqali);
  • offlayn (qabul markazlariga borish orqali).