Qayta tashkil etilayotgan texnikum bitiruvchilari tibbiyot oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz 2-kursga qabul qilinadi


“Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Respublikamizdagi 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etilmoqda. 

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Quyida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari sifatida qayta tashkil etilayotgan 47 ta tibbiyot kollejlarining ro‘yxati viloyatlar kesimida keltirib o‘tilgan: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  • Nukus tibbiyot kolleji
  • Qo‘ng‘irot tibbiyot kolleji
  • Xo‘jayli tibbiyot kolleji 

Andijon viloyati 

  • Andijon tibbiyot kolleji
  • Bo‘ston tibbiyot kolleji
  • Qo‘rg‘ontepa tibbiyot kolleji
  • Paxtaobod tibbiyot kolleji

Buxoro viloyati 

  • Buxoro tibbiyot kolleji
  • Afshona tibbiyot kolleji
  • Qorako‘l tibbiyot kolleji

Jizzax viloyati

  • Jizzax tibbiyot kolleji
  • Do‘stlik tibbiyot kolleji
  • Zomin tibbiyot kolleji

Qashqadaryo viloyati 

  • Qarshi tibbiyot kolleji
  • Muborak tibbiyot kolleji
  • Shahrisabz tibbiyot kolleji

Namangan viloyati

  • Namangan tibbiyot kolleji
  • Kosonsoy tibbiyot kolleji
  • Chortoq tibbiyot kolleji
  • Norin tibbiyot kolleji

Navoiy viloyati

  • Navoiy tibbiyot kolleji
  • Xatirchi tibbiyot kolleji

Samarqand viloyati

  • Samarqand tayanch tibbiyot kolleji
  • Ishtixon tibbiyot kolleji
  • Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kolleji
  • Pastdarg‘om tibbiyot kolleji
  • Paxtachi tibbiyot kolleji
  • Siyob tibbiyot kolleji
  • Urgut tibbiyot kolleji

Sirdaryo viloyati

  • Sirdaryo tibbiyot kolleji

Surxondaryo viloyati

  • Denov tibbiyot kolleji
  • Termiz tibbiyot kolleji
  • Sariosiyo tibbiyot kolleji
  • Sherobod tibbiyot kolleji
  • Toshkent viloyati
  • Bekobod tibbiyot kolleji
  • Olmaliq tibbiyot kolleji
  • Zangiota tibbiyot kolleji
  • Yangiyo‘l tibbiyot kolleji

Farg‘ona viloyati

  • Beshariq tibbiyot kolleji
  • Marg‘ilon tibbiyot kolleji
  • 2-Marg‘ilon tibbiyot kolleji
  • Quva tibbiyot kolleji
  • Rishton tibbiyot kolleji

Xorazm viloyati

  • Urganch tibbiyot kolleji

Toshkent shahri

  • 1-Respublika tibbiyot kolleji
  • Chilonzor tibbiyot kolleji
  • Yunusobod tibbiyot kolleji

ELSATMA: Ushbu qoidalar 2020 yilda yuqorida kollejlarni bitiradiganlar uchun taalluqli emas, sababi texnikumlarning faoliyati endi boshlanadi!