Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining ikkinchi kuni(30-iyul) natijalari


Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda ikki smenada “Matematika", “Fizika" va “Ona tili va adabiyoti" fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar:

- kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

O‘zbekiston milliy universitetining 5130100 - Matematika ta’lim yo‘nalishi - 181,6 ball;

- sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Qarshi davlat universitetining 5110700 - Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi - 136,6 ball;

- kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

Samarqand davlat universitetining 5130200 - Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi - 135,8 ball.

Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:

Manba: @rasmiydtm