Shavkat Mirziyoyev yosh olimni yana bir agentlikga rahbar o‘rinbosar etib tayinladi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq “Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati)ning IV Qurultoyida yosh olim Olimjon To‘ychiyev so‘z olib, Shavkat Mirziyoyevga o‘z takliflarini yetkazgan edi. Shu vaqtning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqida agentlik saytida ma’lum qilingan.

Olimjon To‘ychiyev 2014 yildan buyon Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti texnopark yangi loyihalar bo‘yicha muhandisi vazifasida ishlab kelayotgan edi. Bir vaqtning o‘zida Turin politexnika universitetining magistranti ham hisoblanadi.

Olimjon 1991 yil 27 oktyabrda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tavallud topgan.

U 2015 yili Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining bakalavr yo‘nalishini tamomlagan. 2017 yili esa Germaniyadagi Xoffenxaym universiteti magistraturasini tugatgan. Rus, ingliz, nemis, italyan tillarini puxta o‘zlashtirgan.
Fan-texnika olamida qilgan yangiliklari uchun 2013 yida “Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.