Toshkent islom instituti Maxsus sirtqi bo‘limiga qabul e’lon qilindi


O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ziyod masjidni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi. Bu haqda muslim.uz sayti xabar bergan.

Sirtqi bo‘limga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan, besh yil va undan ortiq muddat davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida masjidlarda imom-xatib vazifasida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Abituriyentlar Qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

•    Rektor nomiga ariza;

•    O‘rta maxsus islom bilim yurtini tugatganligi haqidagi hujjat (diplom)ning asl nusxasi;

•    086-U-shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

•    Pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

•    6 dona rangli fotosurat (3,5 x 4,5 hajmdagi);

•    Yashash joyidan ma’lumotnoma;

•    Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

•    Abituriyent ishlab turgan hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar) bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining vakilidan tavsiyanoma.

2017-2018 o‘quv yili uchun Maxsus sirtqi bo‘limga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish 2017 yilning 2 oktyabridan 10 oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.Abituriyentlar o‘rta maxsus islom bilim yurtlarining o‘quv dasturlari asosida fiqh, aqoid va arab tili fanlari bo‘yicha og‘zaki ijodiy imtihon topshiradi. O‘qish muddati 3 yil.Murojaat uchun telefon raqamlari: 227-42-37, 240-03-58

O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati