Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si loyihasi tuziladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Kun.uz.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etdi;

ikki oy muddatda 2019 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning o‘quv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish obektlarida ta'lim jarayonini bevosita amalga oshirishni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritadi;

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kadrlarining buyurtmachilari bitiruvchining bazaviy kontrakt to‘lovini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, to‘rtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida to‘lab bergan taqdirda, bitiruvchining buyurtmachi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati to‘g‘risida shartnoma tuzilishi tartibini belgilash choralarini ko‘radi;

bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xarita»si loyihasini kiritadi.