Viloyatda qancha pedagog kadrga ehtiyoj bo‘lsa, Chirchiqdagi universitetga shuncha odam qabul qilinadi


Bugun Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Videoselektor shaklida o‘tgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, viloyat uchun pedagog-kadrlar tayyorlash masalasiga alohida to‘xtalgan.

«Viloyatda qancha kadrga ehtiyoj bo‘lsa, Chirchiqdagi universitetga shuncha odam qabul qilinadi. Toshkent viloyatiga qancha pedagog kerak bo‘lsa, shuncha odamni o‘qitamiz. Kerak bo‘lsa tezlik bilan oliy ma’lumot beradigan dastur ishlab chiqiladi», 

— deb aytgan davlat rahbari.


Manba: xabar.uz