Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish jarayoni osonlashtirildi


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xorijiy diplomlarni nostrifikatsiya qilish bo‘yicha interaktiv xizmat joriy etildi, deb xabar qildi davlat inspeksiyasi matbuot xizmati.

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasi bitirganlik to‘g‘risida diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Shundan so‘ng, davlat inspeksiyasiga bir marta suhbat yoki imtihon topshirish uchun kelish zarur.

Kelgusida idora nostrifikatsiya imtixonlarni viloyatlarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.