Yuridik universitetda fanlar majmuasi o‘zgarishi mumkin


Toshkent davlat yuridik universitetining rasmiy Telegram kanalida xabar berilishicha, joriy yildan boshlab test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasi o‘zgarishi kutilmoqda.

Bunga ko‘ra, fanlar ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi (har bir to‘g‘ri javob uchun):

Ona tili va adabiyoti – 3,1 ball;

Chet tili – 2,1 ball;

Tarix – 1,1 ball.

Hozirda ushbu qaror rasman tasdiqlanish arafasida va olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kuchga kirish ehtimoli juda yuqori.