Geografik baholash mavzusidan test savollari



Tabiiy sharoit va landshaftlarni foydalanish maqsadida baholash nima deyiladi?

Yo‘l qurilishi uchun o‘rtacha qulay bo‘lgan sifat ko‘rsatkichini toping.

Arpaning eng tezpishar navi yetilishi uchun havo haroratlari yig‘indisi qancha bo‘lishi kerak?

Vegetatsiya davrida havo haroratining 10^\circ C dan yuqori yig‘indisi 1800^\circ C dan oshganida arpaning qanday navlari yetiladi?

Ekinlarning urug‘i unib chiqishi uchun ko‘p hollarda havo harorati qanchadan yuqori bo‘lishi kerak?

O‘zbekistonning tekislik qismidagi issiq mintaqaga qaysi hududlar kiradi?

Issiq mintaqada vegetatsiya haroratlari yig‘indisi 3500^\circ C dan kam. Mazkur mintaqada qaysi qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetilishi mumkin?

Paxtaning ertapishar navlari to‘liq pishib yetilishi uchun ijobiy haroratlar yig‘indisi qancha bo‘lishi kerak?

Haroratlar yig‘indisi 3500- 4000^\circ C bo‘lgan juda issiq mintaqada qanday ekinlar yetishtiriladi?

1) ertapishar paxta navi;

2) kechpishar makkajo‘xori;

3) ertapishar uzum;

4) tezpishar uzum;

5) ertapishar sholi;

6) o‘rtapishar paxta.

Ustyurt platosi, Amudaryo deltasining janubiy qismlari, Xorazm vohasi, Qizilqumning shimoliy qismlarini egallagan mintaqa …

Ingichka tolali paxta yetishtiriladigan hududlarni toping.

Paxtaning o‘rtapishar navlari yetishtiriladigan mintaqada haroratlar yig‘indisi qancha?

Haroratlar yig‘indisi 3000- 4000^\circ C bo‘lmagan iliq mintaqada qanday dehqonchilik tarmog‘i olib boriladi?

Musbat haroratlar yig‘indisi 3000- 1000^\circ C bo‘lgan salqin mintaqadan qay maqsadlarda foydalaniladi?

Dehqonchilik uchun yaramaydigan mintaqa qaysi?

Yer resurslarini baholashda oddiy tabiiy komplekslarga qaysi hududlar kiradi?

Dehqonchilik uchun eng qulay bo‘lgan tabiiy komplekslar- bu …