Ish. Quvvat. Energiya mavzusidan test savollari



Balandligi 10 metr bo‘lgan tepalikdan massasi 100 kilogramm bo‘lgan chana sirpanib tushmoqda. Tepalik etagida uning tezligi 10 m/s ga yetgan bo‘lsa, tushish vaqtida qancha energiya issiqlikka aylangan?

Quyida keltirilgan holatlarning qaysi birlarida faqat potensial energiya haqida gapirish mumkin?1) jar yoqasidagi tosh; 2) shamol; 3) sharshara; 4) cho‘zilgan prujina;

5) siqilgan havo; 6) tarang tortilgan kamon; 7) yerning sun’iy yo‘ldoshi.

Uzunligi 4 metr va massasi 500 kilogramm bo‘lgan bir jinsli metall sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 30^\circ bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping.

Dinamometr prujinasini uning shkalasi bo‘limining o‘rtasigacha cho‘zishda bajarilgan ish. shkalaning o‘rtasidan oxirgi bo‘limigacha cho‘zish uchun bajarilgan ishdan necha marta kichik?

Markazga intilma kuchning bajargan ishi nimaga sarflanishi mumkin?

Yer sirtidan turli xil balandlikka ko‘tarilgan m_1=2 kg, m_2=5 kilogramm va m_3=2.5 kilogramm jismlardan qaysi birining potensial energiyasi eng ko‘p ekanligini aniqlang.(h_3:h_1:h_2=3:2:1).

Jismning yerga urilish paytidagi tezligi 6 m/s bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan?

Jism h=45 metr balandlikdan erkin tushmoqda. Uning tezligi 10 m/s ga teng bo‘lganda, u yerdan qanday balandlikda bo‘ladi? (g=10 m/s^2).

Massalari 1 kilogramm va 2 kilogramm bo‘lgan 2 ta shar bir- biriga tomon 1 m/s va 2 m/s tezlik bilan harakatlanib, noelastik to‘qnashdi. Tizim kinetik energiyasining o‘zgarishini aniqlang.

Jismning tezligi 3 marta ortsa, kinetik energiyasi necha marta o‘zgaradi?

Massasi 2.5 kilogramm bo‘lgan jismning kinetik energiyasi 20 J bo‘lsa, uning tezligi va impulsi qancha?

10 metr balandlikdan erkin tushayotgan 1 kilogramm massali jismning 3 metr balandlikdagi potensial va kinetik energiyalarini toping.

2 metr balandlikdagi ayvondan otilgan koptok 9 metr balandlikga ko‘tarildi. Potensial energiya necha marta o‘zgardi?

Jismning impulsi 100 kg\cdot m/s, kinetik energiyasi 200 J bo‘lsa,’jismning massasini va tezligini toping.

O‘q 50 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otildi, u qanday balandlikka ko‘tarilgan? (havoning qarshiligini hisobga olmang).

Uzunligi 4 metr va massasi 500 kilogramm bo‘lgan bir jinsli metal sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 45^\circ bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping. (sin45^\circ=0.7; g=10 m/s^2).

Massasi m bo‘lgan mayatnik vertikaldan \alpha burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Mayatnik muvozanat vaziyatidan o‘tayotganida ipning taranglik kuchi qanday bo‘ladi?

Elastik prujinani 0 dan \Delta x ga cho‘zishda bajarilgan ish uni \Delta x dan 3\Delta x gacha cho‘zishda bajarilgan ishdan necha marta kichik?

Agar jismning impulsi P va tezligi V bo‘lsa, uning kinetik energiyasi quyida keltirilgan ifodalarning qaysi biri bilan aniqlanadi?

Massasi 2 kilogramm bo‘lgan to‘p futbolchi tepganidan so‘ng vertikal yo‘nalishda 25 m/s tezlik oldi. Agar to‘p 30 metr balandlikka ko‘tarilgan bo‘lsa, to‘p havo qarshiligini yengish uchun qancha energiya sarflangan?

Quyida keltirilganlardan qaysilarining holati asosan kinetik energiya bilan aniqlanadi?

1) qo‘nayotgan samolyot; 2) shamol; 3) sharshara; 4) siqilgan prujina;

5) harakatdagi avtomobil; 6) tekislikda oqayotgan suv; 7) tog‘ qoyasidagi tosh;

Uzunligi 5 metr va massasi 1 kilogramm bo‘lgan arqon qo‘zg‘almas blokda osilib turibdi. Shu arqonning blokdan ajralish vaqtidagi tezligi qanday bo‘ladi?

Bikrligi k=100 kN/m, massasi m=400 gramm bo‘lgan prujina h=5 metr balandlikdan yerga tushadi. Yerga urilish vaqtida prujina o‘qi vertikal qolgan bo‘lsa, u qanchaga siqiladi?

Qaysi fizik kattalik barcha turdagi harakatlarning umumiy o‘lchovi hisoblanadi?

Agar metr massali sharcha V_0 boshlang‘ich tezlik bilan yer sirtidan yuqoriga vertikal otilgan bo‘lsa, qanday balandlikda uning kinetik va potensial energiyalari o‘zaro tenglashadi?

Samolyotning tezligi poyezdnikidan 10 marta katta. poyezdning massasi esa samolyotnikidan 10 marta katta. Samolyotning va poyezdning kinetik energiyalarini taqqoslang.

Kinetik energiyaning o‘lchov birligini belgilang.

Prujina avval 3 sm, so‘ng yana 3 santimetr cho‘zildi. Birinchi va ikkinchi cho‘zishdagi A_1 va A_2 ishlarni taqqoslang.

Yer atrofida aylanayotgan kosmik kema ichida 4 kilogramm massali jism 0.5 m/s tezlik bilan bikrligi 100 N/m bo‘lgan prujinaga urilib, uni necha santimetr ga siqishi mumkin?

0.5 m^3 hajmli shar suv sathidan 3 metr chuqurlikda turibdi. Shu shar suv yuzasiga chiqish paytida qancha ish bajarishi mumkin? (sharning massasi hisobga olinmasin)