1 sentyabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi


OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari endi eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko‘tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshadi degani. Shuningdek, 1 sentyabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi.

Bakalavrda:

eng arzon kontrakt - 45 baravar, ya’ni 8 mln. 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming);

eng qimmat kontrakt - 60 baravar, ya’ni 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).


Magistraturada:

eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming);

eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming).


Maxsus sirtqida:

eng arzon kontrakt - 15 baravar, ya’ni 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming);

eng qimmat kontrakt - 27 baravar, ya’ni 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).


Kunduzgi sirtqida:

eng arzon kontrakt - 49 baravar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m;

eng qimmat kontrakt - 66 baravar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m.


Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o‘quv yilida kirganlar uchun):

eng arzon kontrakt - 25 baravar, ya’ni 4 mln. 607 ming 500 so‘m;

eng qimmat kontrakt - 33 baravar, ya’ni 6 mln 81 ming 900 so‘m.


Qaysi OTMda kontrakt narxi qancha bo‘lgani haqida tez orada batafsil ma’lumot beriladi


Manba: @xushnudbek