Aniq savollarga aniq javoblar


2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qachon qabul qilinadi?

2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Faqatgina O‘zbekiston davlat konservatoriyasida qabul 15 iyundan 10 iyulgacha davom etadi!!!

Abituriyent test sinovlarida o‘qigan chet tilidan boshqa tilni tanlashi mumkinmi?

Ha, mumkin.

Abituriyentlar yoshiga cheklov bormi?

Yo‘q, hozircha bunday cheklov o‘rnatilmagan.

Avvalgi yillardagi OTMlarning kirish ballarini qayerdan bilsa bo‘ladi?

Davlat test markazi sayti va ABT.UZ saytining Oliygohlar bo‘limidan.

2017-2018 o‘quv yili uchun abituriyentlardan yoki ikkinchi/uchinchi marta hujjat topshirayotgan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishda qandaydir to‘lovlar mavjudmi?

Abituriyentlardan hujjat qabul qilishda HECH QANDAY TO‘LOV YO‘Q!!! Agarda sizdan qandaydir to‘lov talab qilinsa, quyidagi ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling!
- Davlat Test Markazi: +998 95 199-19-14, 235-56-45, 200-19-14
- O‘R Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi: 0 (371) 246-37-12
- Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali: 1060

Abituriyentlardan mahalladan ma’lumotnoma so‘rashlari to‘g‘rimi?

YO‘Q! OTM qabul komissiyalarining bunday harakati amaldagi nizomlarga zid harakat hisoblanadi. Bunday holatda yuqoridagi ishonch telefonlariga habar bering!

2017-2018 o‘quv yili test imtihonlari boshqa sanaga ko‘chiriladimi?

YO‘Q, bu yilgi test sinovlari o‘tgan yilgi imtihonlar singari 1- avgustda bo‘lib o‘tadi. Faqatgina harbiy bilim yurtlaridagi test sinovlari oldingidek 10 iyulda emas, balki 5 iyulda bo‘lib o‘tadi

Bu yil qaysi universitetlarda maxsus sirtqi bo‘lim mavjud?

2017-2018 yil o‘quv yili uchun quyidagi universitetlarda maxsus sirtqi bo‘limlar ochilgan:
- Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
- Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti
- Navoiy davlat konchilik institute
BATAFSIL

Maxsus sirtqi bo‘limlar uchun imtihonlar qachon bo‘lib o‘tadi?

Maxsus sirtqi bo‘limlar uchun test sinovlari ham 1- avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Maxsus sirtqi bo‘limga faqat o‘sha sohada ishlayotganlar hujjat topshira oladimi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limning ta’lim yo‘nalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

Javoblar varaqasini to‘ldirishda qizil pastali sharikli ruchkadan foydalanish mumkinmi?

Javoblar varaqasini to‘ldirishda faqat havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanish mumkin.

Bitta test savoliga ikki to‘g‘ri javob berilishi mumkinmi?

Yo‘q, bitta test savoliga ikki va undan ortiq to‘g‘ri javob berilgan bo‘lsa, bunday test savoli noto‘g‘ri tuzilgan hisoblanadi va shu savol tushgan barcha abituriyentlar to‘g‘ri javob bergan deb hisoblanadi.