ABT.UZ da onlayn test topshirish uchun foydalanuvchi balansi qanday to'ldiriladi?


Saytimizda virtual imtihon qanday topshirilishi haqida batafsil yozgan edik. Quyida esa virtual imtihon topshirish uchun balansni qanday to‘ldirish kerakligi haqida batafsil qo‘llanma berib o‘tamiz.

Virtual Imtihon topshirish uchun foydalanuvchi abt.uz saytidagi o‘z profili balansini to‘ldirishi zarur.

Avvalambor foydanlanuvchi saytda ro‘yhatdan o‘tishi yoki ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsa saytdagi o‘z profiliga kirishi zarur. Keyingi navbat o‘z balansini to‘ldirish bo‘ladi.

Buning uchun hozirda quyidagi to‘lov usullari mavjud.

1. Click orqali to‘lash

Click - hozirda yurtimizda eng keng tarqalgan onlayn to‘lov tizimi bo‘lib foydalanuvchilarga mobil banking xizmatlarini birinchilardan bo‘lib taqdim etib kelayotgan to‘lov tizimidir. ABT.UZ da foydalanuvchi balansini Click orqali to‘ldirish quyidagicha amalga oshadi:

  1. Click mobil ilovasiga kiring.
  2. Internet xizmatlari bo‘limiga kiring.
  3. abt.uz xizmatini tanlang.
  4. Ro‘yhatdan o‘tishda taqdim etgan telefon raqamingiz va to‘lov summasini kiriting.
  5. To‘lash (Оплатить) tugmasini bosing.

Boshqa bir usulda Click xizmati ulangan telefondan to‘g‘ridan to‘g‘ri USSD so‘rov jo‘natish orqali ham hisobni to‘ldirish mumkin. Buning uchun:

  1. Telefondan qo‘ng‘iroq qilish bo‘limiga kiring
  2. *880*03186*telefon_raqam*summa# raqamni tering
  3. Masalan *880*03186*909979114*10000#
  4. Bu degani 909979114 - sizning abt.uz dagi ro‘yhatdan o‘tgan telefon raqamingiz va 10000 - siz to‘lamoqchi bo‘lgan summa

Payme orqali to‘lash

Payme - onlayn to‘lov tizimlari bo‘yicha innovatsion xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan eng ilg‘or to‘lov tizimlaridan biri bo‘lib ABT.UZ uchun to‘lov quyidagicha amalga oshadi.

  1. Abt.uz da Mening balansim" bo‘limiga kiring
  2. PayMe formasiga to‘lanadigan summani kiriting va "To‘lov" tugmasini bosing
  3. Siz PayMe saytiga avtomatik o‘tqazilasiz
  4. So‘ralgan joyga kartangizni raqamini va muddatini kiriting. (masalan: karta raqamingiz: 8600 0014 2781 1911; amal qilish muddati kartada ko‘rsatilganidek)
  5. To‘lash (Оплатить) tugmasini bosing.

Boshqa to‘lov usullari

Agarda siz yuqoridagi Payme va Click yordamida to‘lovni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmasangiz boshqa to‘lov usullari bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: