DTM test natijalarini bilish yo‘llari


Birinchi avgust kuni O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Ularning javobi chiqishiga esa qisqa muddat qoldi. Shu bois, texnologiyalar yordamida test natijalarini bilish yo‘llarini eslatib o‘tmoqchimiz.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

️DTM.uz sayti orqali

Buning uchun dtm.uz saytiga tashrif buyurish va “Test natijalari" bo‘limini tanlash kerak. Test natijalari chiqqach, saytning ushbu bo‘limi ishlay boshlaydi va DTM varog‘idagi ma’lumotlarni kiritib, bu yerdan javoblarni olish mumkin.

DTM 2018 NATIJALARI

Ta’kidlab o‘tish kerak, natijalar chiqqan kunlarda saytning ishlashi qiyinlashadi. Bu albatta, juda ko‘pchilikning tashrifi bilan bog‘liq.

Xizmatdan bepul foydalaniladi.

SMS orqali

Ucell, Beeline, Uzmobile va Perfectum Mobile abonentlari 5100 raqamiga javoblar varog‘i nomerini SMS shaklida yuborish mumkin va test natijasini olish mumkin.

Bunda SMS narhi quyidagicha:

- 5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS — bepul;
- 5101 raqamidan kelgan har bir SMS — 75 sent.

Javob esa quyidagicha keladi:

N: XXXXXXX 
OTM: Oliy ta’lim muassasi nomi 
BALL: 167 (10*1,1+30*2,1+30*3,1) 
Siz davlat GRANTi asosida talabalikka tavsiya etildingiz. 

Shuningdek 5100 raqamiga javoblar varog‘i nomerini oldiga "B" harifini qo‘yib yuborish orqali Siz o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha o‘tish balli haqidagi ma'lumotga ega bo‘lasiz. Bu xizmat ham pullik.

5100 raqamiga SMSni natijalar hali chiqamasidan avval ham jo‘natish mumkin. Natijalar chiqqach esa javob SMSi keladi.

️Click orqali

Ushbu xizmat Click orqali avval ham taqdim etilgan va yaxshi ishlagan. 2017-yilda ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Xizmatdan foydalanish uchun telefoningizdan *880# USSD buyrug‘ini jo‘natishingiz va “DTM-2017" bandini tanlashingiz kerak. Shundan so‘ng, javoblar varog‘i raqamini kiritasiz va hisobingizdan 2000 so‘m to‘lab, natijalarni olishingiz mumkin.

️Telegram BOTlar orqali

Click’ning Telegram messenjeridagi @dtmbot yoki @dtmrobot BOTlari yordamida ham test natijalarini bilib olish mumkin.

Buning uchun Telegram’dan shu BOTlarni izlaysiz, Start buyrug‘ini yozib, o‘zingizga ma’qul tilni tanlaysiz. Qolganini BOTning o‘zi tushuntiradi.

Ushbu xizmat ham pullik bo‘lib, Click orqali 2000 so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.

Javoblar rasman elon qilinganda bevosita oliygohga tashrif buyurgan holda

Agar yuqoridagi usullardan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmasa yoki ular orqali olingan javoblarga ishonmasangiz javoblar rasman elon qilingan kundan boshlab oliygohlar hududida joylashgan axborot doskalaridagi test natijalarini bevosita borib ko‘rishingiz mumkin.