IIV Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi


Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, Akademiyaga yoshi o‘n sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari hamda ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Shuningdek, Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari prinsiplari asosida quyidagi 3 bosqichda tashkil etiladi:

- dastlabki tanlov;
- maxsus kasbiy tanlov;
- yakka tartibdagi yakuniy suhbat.


Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qabul yilining 1 fevralidan 31 avgustiga qadar Akademiyada olib boradi.


Manba: @huquqiyaxborot