O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektor tayinlandi


Shu yilning 24-mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil qilingan edi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, Xalqaro Press-klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev mazkur universitetga rektor etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Press-klub raisi etib tayinlangunga qadar, Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zMUning jurnalistika fakultetida kafedra mudiri sifatida ishlagan.

Manba: xabar.uz