O‘zbekiston OTM lariga kira olmagan abituriyentlar TURKIYAda hech qanday imtihonlarsiz qulay narxlarda o‘qishlari mumkin!


Grants.uz O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tgan, xorijda taʼlim olish bo‘yicha konsultativ-maslahat markazi hisoblanadi. 

Grants.uz dunyoning rivojlangan davlatlaridagi ko‘plab nufuzli universitetlarga grant, qisman grant va kontrakt to‘lovi asosida o‘qishga joylashishingizda ishonchli va sifatli xizmat ko‘rsatadi.

Mamlakatimizda chet elda taʼlim olishga eʼtibor kundan-kunga oshib borayotganligi sababidan, ko‘plab xorijda o‘qish istagida yurgan yoshlarimizning xorijiy oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinish jarayoniga Grants.uz ning professional xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.



Grants.uz Osiyo va Yevropa davlatlarining bir qator nufuzli universitetlarida, xususan TURKIYAda taʼlim olish istagida bo‘lganlarga taʼlim konsalting xizmatini ko‘rsatadi. Grants.Uz O‘zbekistonlik yoshlarni Turkiyaga bo‘lgan qiziqishi va u yerda taʼlim olishga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli TURKIYAda joylashgan 50 ga yaqin davlat va xususiy universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekistondan Turkiya universitetlarida taʼlim olmoqchi bo‘lgan yoshlar juda ko‘p. Ularga Turkiyadagi oliy taʼlim muassasalari haqida to‘g‘ri maʼlumot berish lozim. Maʼlumot o‘rnida aytish kerak, Grants.Uz Turkiyadagi davlat va xususiy universitetlari bilan rasmiy shartnomasi bo‘lgan yagona tashkilot hisoblanadi.


TURKIYAda tahsil olish uchun qancha to‘lanadi?

Turkiyadagi davlat universitetlarida chet ellik talabalar uchun 1 yillik kontrakt to‘lovi 150 AQSH dollaridan eng ko‘pi bilan 600 dollargacha bo‘lib, bu talabaning tanlangan yo‘nalishiga qarab o‘zgarib boradi. Shundan yarmini sentyabr oyida, ikkinchi yarmini yanvar oyida to‘laydi. Turkiya davlat universitetlarida bakalavr taʼlim muddati 4 yil bo‘lib, o‘qish turk tilida olib boriladi. Xususiy universitetlarda ham bakalavr taʼlim muddati 4 yil bo‘lib, tahsil jarayoni turk tili va ingliz tillarida tashkil etiladi. Shu bilan birga, xususiy universitetlarda kontrakt to‘lovlari yiliga 1000 AQSH dollaridan boshlanadi.



Turkiya oliy taʼlim standartlari haqida:

Aytish mumkinki, Turkiya oliy taʼlim darajasi Yevropa kredit taʼlim standartlari bilan bir xil hisoblanadi. Turkiya universitetini bitirgan talabaga 2 xil, yaʼni Yevropa va Turkiya namunasidagi diplom beriladi. Turkiya oliy taʼlim sifati dunyoda yuqori pog‘onalarda turadi. Universitetlarning tarixiyligi, akademiklar, professorlar va dotsentlarning ko‘pligi jihatidan yuqori o‘rinlarda turadi. Shu bilan birga, TURKIYAda chet ellik talabalarni juda yaxshi qabul qilishadi, ularga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Chet el mamlakatlarida taʼlim olishni xohlaganlar uchun Turkiya ulkan imkoniyatdir. Chunki, bu yerdagi oliy taʼlim uchun kontrakt to‘lovlari va yotoqxonalar dunyo narxlariga nisbatan ancha arzon.

Grants.Uz tashkiloti qanday xizmatni taklif etadi?

Grants.Uz aynan imtihonsiz qabul uchun taʼlim konsalting xizmatini taklif etadi. Imtihonsiz qabul qilish o‘rta maktabni bitirganlik uchun beriluvchi shahodatnoma baholari asosida amalga oshiriladi. Albatta bu pullik xizmat.

Chet tili bilmayman deya tashvishlanmang, universitetlarda til bilmaganlar uchun turk tili noldan boshlab o‘rgatiladi!


Dunyo oliy taʼlim reytinglarida turk universitetlari o‘rni

 Alohida urg‘u berish kerak, dunyo oliy taʼlim muassasalari reytingi TOP-1000taligida Turkiyaning 20dan ortiq universitet mavjud. Ularning soni yil sayin ortib bormoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Turkiya talabaning maktab attestati bilan oliy taʼlimga kirish bo‘yicha 94.2 foizlik ko‘rsatkich bilan dunyodagi ikkinchi mamlakatdir. Har bir universitet talabalari ijtimoiy to‘garaklar, sport jamoalari va madaniy tadbirlar vositasida bir-biriga yaqinlashadi. 206 universitetdan qaysi biriga bormang, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan zamonaviy va qulay kampus hayotini ko‘rishingiz mumkin.

Shu bilan birga, davlat va xususiy oliy taʼlim maskanlaridagi yotoqxonalar o‘g‘il va qiz talabalar uchun alohida tashkil etilgan. Ularning narxi talabalar soniga bog‘liq ravishda oyiga 100-200 AQSH dollarini tashkil etadi. Ular simli va simsiz internet bilan taʼminlangan.

Bundan tashqari, chet ellik talabalar uchun ijaraga uy olish imkoniyati ham mavjud. Bu bir necha do‘stlari bilan bir uyda yashash istagida bo‘lganlar uchun qulaydir.

Oliy taʼlim muassasalari oshxona hamda tamaddixonalarida talabalar uchun 2 yoki 3 mahal ovqatlanish imkoni yaratilgan.

Turkiyadagi oliygohlar ko‘plab Yevropadagi universitetlar bilan ERASMUS+ va EXCHANGE(yevropada malaka oshirish va ishlash) dasturlari doirasida hamkorlik qiladi.

Talabalar o‘qish mobaynida ishlasa ham bo‘ladi. Taʼlim paytida talabaga nisbatan universitet tomonidan ishlashiga qarshiligi yo‘q. Talaba o‘ziga yaqin mehmonxonalarda magazinlarda ishlashi mumkin. Universitetning kutubxona, dars o‘tish xonalari, internet xonasi, futbol – basketbol sport maydoni 7/24 soat internet (vi-fi), laboratoriya, dam olish xonalari mavjud.

Nima uchun aynan GRANTS.UZ?

  • Hujjatlarni tayyorlash uchun atigi 1 kun vaqt sarflanadi;
  • Barcha xizmatlar qonun doirasida shartnoma asosida ko‘rsatiladi;
  • Viza uchun hujjatlarni malakali mutaxassislar tayyorlaydi;
  • Grants.Uz faqatgina Universitet va mutaxassislik yo‘nalishini tanlashga ko‘maklashish bilan cheklanib qolmay: aeroportdan transfer, talaba vizasi, hayot sug‘urtasi va yotoqxonalarga joylashish hamda vaqtinchalik yashash huquqini rasmiylashtirishda ham yordam beradi. Sizning moddiy imkoniyatingizdan kelib chiqqan holda universitet-institut tanlashda ko‘maklashadi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 95 199-57-77

+998 94 403-67-77

+998 97 407-27-77

Shoshiling! Biz bilan bog‘lanib hujjatlar va talablar haqida maʼlumotga ega bo‘ling! Joylar soni cheklangan!

Ofis manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor Shoh ko‘chasi 15/1, Novza metrosi yonidagi “OLTIN MARKAZ"ning 3-qavatida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram: t.me/grantsuzb

Instagram: instagram.com/grants_uz

Facebook: facebook.com/grantsuz.abroad