Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti


Sizni Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetiga o‘qishga taklif etamiz.

Fransiyada amaliyot o‘tishni xohlaysizmi? Ikkita diplom olishni istaysizmi?  

Unda bizga shoshiling!

Parij Xalqaro Moda Akademiyasi (AICP) 1830 yilda tashkil topgan bo‘lib, kiyim sanoatining barcha sohalarida xalqaro tajribaga ega.

Parij Xalqaro moda Akademiyasi fakulteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute qoshida ochildi. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarini Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi mutaxassislari hamda Fransiyada malakasini oshirgan o‘qituvchilar olib boradilar.

Fakultetda ta’lim olish jarayonida, talabalar amaliyot va malaka oshirishni Parij Xalqaro moda Akademiyasida o‘tashlari ko‘zda tutilgan.

Kirish imtihonlari to‘g‘risida ma’lumot

Bakalavriat (Tikuv buyumlari dizayni va konstruksiyalash)

Hujjatlarni qabul qilish uchun aicptachkent@gmail.com elektron pochtasi orqali amalga oshiriladi:

Hujjat qabul qilish 2020 yil 20 iyundan 15 avgustgacha,

Ijodiy kirish imtihoni: 2020 yil 20 avgustda bo’lib o’tadi.

Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotosuratlari, tayyor buyumlar) ijodiy imtihon kuni taqdim etilishi lozim.

Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2020 yil 21avgustda e’lon qilinadi.


Magistratura (Kostyum dizayni va moda industriyasini boshqarish)

Hujjatlarni qabul qilish uchun aicptachkent@gmail.com elektron pochtasi orqali amalga oshiriladi:

Xujjat qabul qilish 2020 yil 20 iyundan 20 avgustgacha.

Kirish imtihoni: 2020 yil 25 avgustda bo’lib o’tadi.

Kirish imtihonida (test) topshiriladi. Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotosuratlari, tayyor buyumlar) taqdim etilishi lozim.

Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2020 yil 26 avgustda e’lon qilinadi.


TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI  

Toshkent shahar, 100100

Yakkasaroy tumani, Shohjaxon ko‘chasi 5.

Telefon: (99871) 253-06-06, Fax: (99871) 253-36-17,

(99897) 719 45 65 Nozima Mo’mindjanovna, Internet sayt: www.titli.uz