Prezident granti stipendiyasiga nomzodlar soni 233 nafarga yetdi: eng ko‘p nomzod Farg‘ona viloyatidan, eng kami esa Xorazm viloyatidan.


2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida “Prezident granti" stipendiyasini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Prezident granti sohibi bo‘lgan birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri mobaynida amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan miqdorda Prezident granti stipendiyasi tayinlanishi va to‘lanishi nazarda tutilmoqda.

Bunda, kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “aʼlo" baho bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi o‘quv semestridan boshlab o‘zlashtirayotgan talabalarga belgilangan miqdorda umumiy tartibda stipendiya to‘lanadi.

Hozirgi kunda (17 avgust, 12:35 holatiga ko‘ra) Prezident stipendiyasiga nomzodlar soni 233 nafarga yetdi. Nomzodlarning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi ko‘rinishda:

  • Andijon viloyati - 5;
  • Farg‘ona viloyati - 36;
  • Namangan viloyati - 22;
  • Toshkent viloyati - 15;
  • Toshkent shahri - 11;
  • Sirdaryo viloyati - 4;
  • Jizzax viloyati - 9;
  • Samarqand viloyati - 20;
  • Qashqadaryo viloyati - 17;
  • Surxondaryo viloyati - 13;
  • Buxoro viloyati - 34;
  • Navoiy viloyati - 35;
  • Xorazm viloyati - 2;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 10;