Qabul komissiyasi abituriyentni rus tilidan imtihon qilishga haqlimi?


ABT.UZ sayti ma’muriyatiga abituriyentlardan quyidagi ko‘rinishdagi savollar kelmoqda: "Rus (yevro) guruhga hujjat topshirmoqchi bo‘lganimda, qabul komissiyasi, “Siz o‘zbek tilida ta’lim olgansiz, sizni rus tilidagi bilimingizni tekshirib ko‘ramiz. Agarda sinovdan o‘ta olsangiz, hujjatlaringizni qabul qilamiz, aks holda yo‘q!" degan vajlar hujjatimni rus guruhlariga qabul qilishmayapti. Ularning talablari asoslimi?"

Biz shu masalaga oydinlik kiritish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilganimizda, quyidagi javobni oldik: “Qabul komissiyasi rus tilli ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlarni rus tilidan imtihon topshirishi “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM"ga umuman ZIDDIR".

Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, qabul komissiyasi hujjat topshirish jarayonida abitiriyentlarning ma’lum sohalar bo‘yicha bilimini tekshirish vakolatiga ega emas.

Hurmatli abituriyentlar, agarda ARIZANGIZ RUS TILIDA XATOSIZ YOZILGAN BO‘LSAYU, siz ham shunday muammoga duch kelsangiz qabul komissiyasidan NIZOMga asosan ish olib borishlarini talab qilishga haqlisiz yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

1006

2460195 (Devonxona)

2463855 (Qabul bo‘yicha asosiy telefon raqami)