Qaysi hudud yoshlari ko‘proq o‘qishga kirmoqdalar?


2016/2017-o‘quv yilidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalariga asosan, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning viloyatlar kesimidagi umumiy ko‘rsatkichi quyidagi jadvalda keltirilgan:


 №Hudud nomiTalabalar soni
1Samarqand v.7707 
Qashqadaryo v. 7047 
Farg‘ona v. 6704 
Toshkent sh. 6414 
Buxoro v. 5216 
Qoraqalpog‘iston R. 4597 
Surxondaryo v. 4319 
Toshkent viloyati 4225 
Namangan v. 4107
10 Andijon v. 3834 
11 Xorazm v. 3660 
12 Navoiy v. 3379 
13 Jizzax v. 3088 
14 Sirdaryo v. 1578 
 Jami 1578 



O‘tayotgan o‘quv yilida test sinovi natijalariga ko‘ra va Davlat test markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga taqdim etilgan test qaydnomalariga muvofiq, 65875 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, eng katta ko‘rsatkich Samarqand viloyati (7707), Qashqadaryo viloyati (7047), Farg‘ona viloyati (6704) va Toshkent shahri (6414)da qayd etilganligini ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich yakuniy emasligini eslatib o‘tamiz. Sababi, bu ko‘rsatkichga:

  • test sinovi qaydnomalari taqdim etib bo‘lingandan keyin ajratilgan qo‘shimcha o‘rinlar; 
  • turli imtiyoz shaklida ajratilgan o‘rinlar; 
  • to‘lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi asosida qabul qilinganlar; 
  • viloyatlarning ba’zi mutaxassisliklarga bo‘lgan o‘tkir ehtiyojini hisobga olgan holda ajratilgan o‘rinlar kiritilmagan. 

Davlat test markazi tomonidan taqdim etilayotgan ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilganda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar faqat o‘zining hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalariga emas, balki boshqa hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirganini ham unutmaslik lozim.