Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n birinchi kunida ishtirok etgan abiturientlarning natijalari (to‘plagan ballari)


Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n birinchi kuni – 8 avgust natijalari quyidagicha: 

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda “Matematika", “Ona tili va adabiyoti", “Chet tili", “Kimyo", “Biologiya", “Tarix", “Fizika" va “Geografiya" fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 70 ming 306 nafar abiturient ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 69 ming 014 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 243 nafar abiturient kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 18 nafar abiturient hududga kirish joyida, 31 nafar abiturient binoda qoidani buzganligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball: 

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 238,6 ball (184,6 ball test sinovlari natijasi, 54 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);

Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi – 197,0 ball (155,0 ball test sinovlari natijasi, 42 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);

O‘zbekiston Milliy universitetining 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) ta’lim yo‘nalishi – 169,7 ball;

d) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120700 – Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 174,3 ball.