Talabalar turar joyidan xona olishda qaysi toifadagi talabalarda imtiyoz mavjud


Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:

  • “Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri", “Temir daftar" va “Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari"da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
  • bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
  • xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
  • “Yil talabasi" va “Talabalar teatr studiyalari" koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
  • oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat" intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
  • talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.