TATUda Webster universiteti Biznes boshqaruvi magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilish davom etmoqda


Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Vebster universiteti Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish" yo‘nalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlandi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

O‘quv dasturi davomiyligi – 18 oy, 3 semestr.

Ta’lim amerikalik va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

O‘quv dasturi 2019 yilning martidan boshlanadi va uni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “Loyihalarni boshqarish" yo‘nalishi bo‘yicha Vebster universiteti MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadilar.

Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. IELTS bo‘yicha talab 6.0 va undan yuqori. Shuningdek, nomzodlar bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lishlari hamda iqtisodiyot, biznes va menejment fanlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi.

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 20.02.2019 y.

Ma’lumot uchun: +998-71-235-09-00, +998-97-711-40-22, k.nargiza@tuit.uz

Manzil: Toshkent sh., 100200, Amir Temur Shoh ko‘chasi, 108-uy.