Texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi


Texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat orqali texnikum bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining qaysi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirishlari mumkinligini bilish mumkin.

Maʼlumot uchun, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus professional taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.