Uzbekistan airways abituriyentlarni Rossiyadagi kollejda oʻqishga taklif etmoqda


"Parvoz vositalariga yonilgʻi-moylash materiallari xizmati koʻrsatish" texnik yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻqishga taklif etiladi, oʻqish muddati 2 yilu 10 oy. Bu haqda "Oʻzbekiston havo yoʻllari" matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tanlovda Nukus, Toshkent va Navoiy shaharlarida yashovchi, oʻrta maxsus (texnik), kasb-hunar (texnik) maʼlumotiga ega boʻlgan yigitlar qatnashishi mumkin.

Abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

— oʻqishga kirish vaqtida yoshi 18-25da boʻlishi.
— davlat tili va rus tilida erkin soʻzlashishi hamda ingliz tilini matnlarni oʻqish va tarjima qilish darajasida bilish.
— ishbilarmonlik, axloqiy sifatlarga ega boʻlishi, yuksak ijrochilik qobiliyati va oʻqish joyida tartib-intizomga rioya qilgan boʻlishi.

Tanlov uch bosqichdan iborat boʻladi. Tanlov shartlari bilan batafsil ushbu sahifada tanishish mumkin.

Hujjatlar 2017 yilning 20 iyunidan 15 iyuliga qadar qabul qilinadi. Suhbat kuni shu yilning 20 iyuliga moʻljallangan.