Yangi o‘quv yilidan uchta oliy o‘quv yurtida sirtqi ta’lim ochiladi


Vazirlar Mahkamasining «Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga asosan 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish institutida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim tashkil etiladi.

Maxsus sirtqi ta’lim shakliga arxitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, Davarxitekturqurilish qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan hamda test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshirilib, o‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.