14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni”
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Kema tarkibidagi katta ofitserlar tarkibidagi eng yuqori harbiy unvon?
a) 3-darajali kapitan
b) 1-darajali kapitan
c) kapitan-leytenant
d) bosh starshina
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi quruqlikdagi qo‘shinlarning asosini qaysi qismlar tashkil etadi?
a) Ta’minot qismlari
b) Moto-o‘qchi qismlar
c) Tezkor harakat qiluvchi kuchlar qismlari
d) Tank va artilleriya qismlari
3. Muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun harbiy muddat xizmati qancha vaqtni tashkil etadi?
a) 60 oy
b) 12 oy
c) 48 oy
d) 9 oy
4. Hozirgi kunda Respublikamizda nechta harbiylashgan oliygohlar mavjud?
a) 5
b) 11
c) 7
d) 10
5. O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik organi – bu …
a) Harbiy okruglar
b) O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi
c) Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi
d) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
6. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan kichik ofitserlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi necha yoshni tashkil etadi?
a) 50 yosh
b) 43 yosh
c) 55 yosh
d) 45 yosh
7. O‘zbekiston Respublikasida Mudofaa ishlari vazirligi qachon tashkil etilgan?
a) 1992-yil, 14-yanvar
b) 1991-yil, 31-avgust
c) 1991-yil, 29-sentabr
d) 1991-yil, 6-sentabr
8. Temuriylarning harbiy yurishlari yoki jang paytida boshboshdoqlik, parokandalikni oldini olish maqsadida har bir boʻlinma, guruh, qismning oʻz paroli belgilangan. Ushbu parol o‘sha davr harbiy atamasi bo‘yicha qanday nomlangan?
a) o‘ron
b) avangard
c) aryergard
d) hiravul
9. Harbiy sudlar faoliyati ustidan nazorat … tomonidan olib boriladi.
a) Harbiy sudlar ustidan nazorat olib borilmaydi
b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
c) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
d) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida nechta harbiy okrug mavjud?
a) 3
b) 14
c) 5
d) 12
11. Hozirgi kunda O‘zbekiston mudofaa vaziri kim?
a) Abdusalom Azizov
b) Rustam Djuraev
c) Po‘lat Bobojonov
d) Viktor Mahmudov
12. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida 1992-yil, 3-iyulda joriy etilgan va lotin tilidan tarjima qilinganda “yirik”, “katta” ma’nolarini beruvchi harbiy unvon qanday nomlanadi?
a) polkovnik
b) mayor
c) leytenant
d) serjant
13. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida harbiy unvondan kim yoki qaysi davlat organ qarori asosida mahrum etishi mumkin?
a) Birlashgan shtab boshlig‘i qarori asosida
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni
c) Mudofaa vaziri qarori asosida
d) Faqat sud qarori asosida
14. O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatga chaqiruv yoshi … etib belgilangan.
a) 27 yosh
b) 18 yosh
c) 18 yosh, istisno tariqasida 17 yosh
d) 21 yosh
15. Sharqiy harbiy okrug shtabi qaysi shaharda joylashgan?
a) Namangan
b) Andijon
c) Farg‘ona
d) Marg‘ilon