Экологические проблемы и их решения mavzusidan test savollari



Dunyo bo‘yicha “issiqlik samarasi” qachondan ko‘rina boshladi?

Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga qanchani tashkil etadi?

Yerdagi o‘rtacha harorat 1980- yili 1890- yilga nisbatan qanchaga ortdi?

XX asr davomida, olimlarning hisobi bo‘yicha, okean sathi qanchaga ko‘tarilgan?

Amerika olimlarining bashoratiga ko‘ra, qachonga kelib dunyo okeani sathi 1.4- 2.2 metrga ko‘tarilishi mumkin?

XX asrning 50- yillaridan havoda freon gazlarining miqdori ko‘payganligi kuzatila boshladi. Freon gazlariga qaysilar kiradi?

Ozon qatlami Yer yuzasidan qancha balandda joylashgan?

Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi qanday oqibatlarga olib keladi?

1) donli ekinlar hosilining kamayishi;

2) o‘rmonlar maydonining qisqarishi;

3) bolalarda raxit kasalligi;

4) o‘simliklar vegetatsiyasining buzilishi;

5) teri raki kasalligining kelib chiqishi;

6) gipertoniya krizlarining ko‘payishi;

“Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki dekloratsiyasi” qachon va nechta mamlakat tomonidan qabul qilindi?

1968- 1974- yillarda qaysi hududning sohil mintaqasida halokatli qurg‘oqchilik oqibatida daryolar qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho‘l 100- 150 kilometrga savannaga bostirib kirdi?

Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida qancha maydonda cho‘l hosil bo‘lgan?

Har yili dunyoda taxminan qancha yer to‘liq buzilib cho‘lga aylanmoqda?

Har yili dunyoda sug‘oriladigan yerlarning qancha maydoni cho‘lga aylanadi?

Cho‘llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot qayerda faoliyat yuritmoqda?

1911- 1960- yillar davomida Orol dengizi maydoni qanchani tashkil etgan?

Orol dengizining qurishi qachondan boshlandi?

Orol dengizi rejimining o‘zgarishi kimning ma’lumotlari bo‘yicha berilgan?

Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni qanchani tashkil etadi?

Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 metr balandlikda ushlab turish uchun unga har yili qancha suv tushib turishi lozim?

Ozon qatlami Yerdagi hayotni qanday nurlardan muhofaza qiladi?