Газовые законы mavzusidan test savollari



Tarkibida 2.408\cdot10^{23} ta ftor atomi bo‘lgan gazning hajmini (l, n. sh.) aniqlang.

Geliyning zichligi (n. sh.da) 0.178 g/l. Shunga asoslanib, 2 mol geliyning massasini (g) aniqlang.

Vodorod va azotdan iborat aralashmada azotning hajmiy ulushi 0.117, vodorodning hajmiyulushi 0.883 bo‘lsa, gazlarning aralashmadagi massa ulushlarini aniqlang.

10 l havoda (n. sh.da) 6\cdot10^{-5} ml kripton bo‘lsa, 1\cdot10^{16} ta kripton atomi necha litr havoda bo‘ladi?

Hajmi 48 l bo‘lgan ammiak va uglerod (IV) oksid aralashmasining massasi 72 gramm bo‘lsa, aralashmadagi har bir gazning hajmini litrda hisoblang.

Tarkibi hajm bo‘yicha 60\% karbonat angidrid, 20\% azot va 20\% argondan iborat gazlar aralashmasining o‘rtacha molekulyar massasini aniqlang.

Tarkibida 20\% azot, 40\% kislorod va geliy bo‘lgan aralashmaning 22.4 m^3 miqdorining massasini (kg) hisoblang.

Tarkibi 2CO+CO_2+4H_2+3N_2 bo‘lgan gazlar aralashmasida 40 l yonmaydigan gaz bo‘lsa, aralashmaning umumiy massasini (g) (n. sh.da) hisoblang.

Zichligi 0.0893 g/l (n. sh.da) bo‘lgan gaz molekulasi tarkibiga bitta atomning massasi qanday bo‘ladi?

Suv va {H_2} gazlar aralashmasining 12 grammiga He gazi qo‘shilganda aralashmaning zichligi o‘zgarmay qoldi. Boshlang‘ich suvning massasini toping.

Idishdagi azot gaziga teng og‘irlikda geliy gazi qo‘shilsa, azot uchun quyidagi kattaliklardanqaysilari ortmaydi?

1) mol soni; 2) zarrachalar soni;

3) umumiy og‘irlik; 4) hajmi; 5) bosim;

1 gramm oddiy modda tarkibida 37.625\cdot10^{21} ta atom bo‘lib, u (n.sh.da) 0.4667 l hajmni egallasa,shu oddiy moddaning formulasini toping.

Azot (II) oksid va azot (IV) oksidlaridan iborat gazlar aralashmasining zichligi 1.429 g/l bo‘lsa, (n.sh.)da shu aralashmadagi kislorod atomlari soni azot atomlarining sonidan necha marta ortiq bo‘ladi?

Har qanday gazning (n.sh.da) 110 dm^3 hajmida mollar soni qancha bo‘ladi?

Har qanday gazning (n.sh.da) 112000 sm^3 hajmida mollar soni qancha bo‘ladi?

Neonga nisbatan zichligi 3.5 ga teng bo‘lgan SO_2 va SO_3 gazlari aralashmasining 16 l hajminiyondirish uchun qancha hajm (l, n.sh.da) havo sarflanadi? [\varphi(O_2)=0.20]

Tarkibida 2N_2 +6H_2 +2NH_3 +3 mol havodan iborat gazlar aralashmasida 2.5 mol azot bo‘lsa, aralashmaning umumiy massasini toping. [\varphi(N_2) =0.75 ]

Tarkibi 2Ne+Ar+CO_2+3H_2 bo‘lgan gazlar aralashmasida 3.36\cdot10^4 ml yonadigan gaz bo‘lsa, aralashmaning umumiy massasini toping.

30 sm^3 Pt (\rho=21.45 g/sm^3) va 4 sm^3 kadmiydan iborat (\rho=8.65 g/sm^3) tashkil topgan aralashmada 1 ta kadmiy atomiga nechta platina atomi to‘g‘ri keladi?

Vodorod muhitida 1 hajm palladiy (\rho=12.02 g/sm^3) 900 h (n.sh.da) vodorodni yutadi. 1 mol palladiy qancha miqdor (mol) vodorodni yutadi.

Vodorod muhitida 42.77 kg platina (\rho=21.45 g/sm^3) 17.5 mol (n.sh.da) vodorodni yutadi. 390 gramm platina necha dona vodorod molekulasini yutadi?

Vodorod muhitida 1.25 h platina (\rho=21.45 g/sm^3) 390 h (n.sh.da) vodorodni yutadi. 9.03\cdot10^{23} ta atom bo‘lgan platina qancha miqdor (mol) vodorodni yutadi.

150 ml (n.sh.da) kislorod va vodorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 60 ml (n.sh.da) kislorod ortib qolgan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini (\%) hisoblang.

Berilgan aralashmada geliy va kislorodning hajmlari teng bo‘lsa, uning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang

Havo va kislorod aralashmasidagi kislorodning hajmiy ulushi 8/10 bo‘lishi uchun havo va kislorodni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? (O_2)=0.2

Havo va azot aralashmasidagi azotning hajmiy ulushi 0.85 bo‘lishi uchun havo va azotni qanday hajmiy nisbatda olish kerak? \varphi(N_2)=0.75