Mirtemir mavzusidan test savollari



“Onaginam” she’rida qaysi tuyg‘u izhori berilgan?

“Onaginam” she’ridagi lirik qahramon onasiga qilolmagan xizmatni elga qay yo‘l bilan baxshida etmoqchi boladi?

Burmalik kuylak ham nimcha- yu g‘ijim,

Sirg‘alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu …

Ushbu satrlari orqali anglatilgan ma’noni toping.

Qaysi shoir ijodida oddiy xalq hayoti yetakchilik qiladi?

O‘zbek she’riyatida realistik yo‘nalishni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan shoirni ko‘rsating.

“Kommuna” va “Bong” she’riy to‘plamlari qaysi shoir qalamiga mansub?

Dastlab bobosi qo‘lida xat- savod o‘rgangan, so‘ngra Asfandiyor degan “no‘g‘oy domla”ning maktabida ta’lim olgan ijodkorni ko‘rsating.

Qaysi shoirning 1926- yil yoshlar gazetasida “Tanburim tovushi” nomli ilk she’ri e’lon qilingan?

Mirtemir ijodidagi “Surat” asarining janrini aniqlang?

Mirtemir NKVD xodimlari tamonidan qayerda qamoqqa olingan?

Mirtemir qachon “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanadi?

“Manas” Qirg‘iz eposining 1- kitobini mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni aniqlang.

“Savdogar Kalashnikov haqida qissa” nomli asar muallifini aniqlang.

“Ruslan va Ludmila” asari kimning qalamiga mansub?

1943- 1944- yillarda opera va balet teatrida adabiy emakdosh vazifasida ishlagan shoir qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Mirtemirning “Ajdar” nomli dostoni qachon yozilgan?

“Dilkusho” va “Suv qizi” dostonlarining muallifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qaysi ijodkor A. Umariy bilan hamkorlikda Shota Rustavelining “Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon” dostonini o‘zbekchalashtirgan?

“Onaginam” she’ri muallifini aniqlang.

Mirtemirning qaysi dostoni qurilish hayotidan olingan?

Pablo Neruda, Abay, Samad Vurg‘un kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan shoirni ko‘rsating.

“Tagorga ergashib…” deya izoh berilgan she’r nomini belgilang.

“Kleopatra” mansurasi kimga tegishli?

“Raqamlik sevgi” she’rida Cho‘lpon qanday obrazlardan foydalanadi?

Qulog‘imda yangrar doim bir nido,

Xo‘rsinaman, ko‘z yoshimni silaman.

Shu nidoga ne sababdan jon fido?

Bitta o‘zim bilaman.

She’r muallifini aniqlang.

Xalqchil va milliy shu bilan birga she’r yozish texnikasini mukammal egallagan shoirni aniqlang.

Go‘zallikda Leonardo Davinchining sirli mo‘yqalamidagi “Jokonda” bilan tenglasha oladigan ayol ismini aniqlang.

Mertemir Oysuluvning go‘zal qiyofasini kimning nigohi orqali tasvirlaydi?

Sen kelgin tong chog‘ida,

Sen kelgin naq tong misol.

Tong balqib yanog‘larda,

Ko‘zlarni o‘ynata ol!

Ushbu misralar qaysi dostondan olingan?

“Farg‘ona” nomli lirik doston muallifini aniqlang.